empty
 
 

Boshqa so'z bilan aytganda, fyuchers oldindan kelishilgan muddatda bajarilishi kerak bo'ladi — bu fyuchersga tuzilgan bitimning spetsifikatsiyasida ko'rsatiladi. Eng keng tarqalgan bitimlar kundalik hayotda juda keng foydalaniladigan mahsulotlarga tuzilgan bitimlar hisoblanadi. Bular quyidagilarga fyucherslardir:

  • gaz
  • neft
  • benzin
  • oltin
  • bug'doy
  • valyuta
  • po'lat
  • paxta
  • yog'och

Fyucherslarning ko'rinishlari

Fyucherso' ikki ko'rinishda bo'ladi:

  • etkazib berish sharti bilan
  • etkazib berish shartisiz

Birinchisidan asosan iqtisodiyotning real sektori ishtirokchilari foydalanadilar. Masalan, fermerlar o'z mahsulotlarini kelajakda o'zlariga ma'qul bo'lgan narxlarda sotish uchun fyuchers bitimlarini tuzishadi. Xaridorlarga fyucherslar xomashyoni qayta ishlash uchun kafolatli xarid qilishga kerakdir. Tomonlar shu tarzda bozordagi oldindan bilib bo'lmaydigan holatdan o'zlarini kafolatlaydilar.

Ikkinchi turdagi fyucherslardan treyderlar narxlarning o'zgarishidan foyda olish uchun foydalanadilar, bu yerda gap haqiqiy xarid to'g'risida bormaydi. Misol uchun, treyder bir barrelining narxi 48 dollar bo'lgan neft uchun tuzilgan fyuchersni xarid qilib olib, agar narx 56 dollargacha ko'tariladigan bo'lsa, u holda bir barreldan 8 dollardan foyda oladi. Agarda neft narxi 40 dollargacha tushib ketsa, u holda o'sha 8 dollarni yo'qotish ham mumkin. Treyder mahsulotni sotib olganda va boshqa ishlarni amalga oshirganda muhsulotni saqlashi yoki tashishi shart emas, balki kompyuterning sichqonchasiga bir necha bossa kifoya.

Fyucherslar bilan qaerda savdo qilinadi?

Fyucherslar bilan savdo fyuchers bozorlarida amalga oshiriladi, eng mashhur tovar va fyuchers birjalari quyidagilar:

  • Nyu-York tovar birjasi — NYMEX (New York Merchantile Exchange)
  • Chikago savdo palatasi — CBOT (Chicago Board of Trade)
  • Chikago tovar birjasi — CME (Chicago Mercantile Exchange)
  • Londondagi xalqaro neft birjasi — IPE (International Petroleum Exchange)
  • Moliya fyucherslarning London xalqaro birjasi — LIFFE (London International Financial Futures Exchange)
  • London metallar birjasi — rangli metallarning eng yirik xalqaro bozori — LME (London Metals Exchange)
fyuchers bitimi

Fyucherslar bilan savdo qilish: nozik ishdir

Fyucherslar bilan savdo qilish jarayoni Foreksda savdo qilish jarayoniga o'xshashdir. Fyuchers bozorlarida Foreks bozorlaridagiga o'xshash texnik va fundamental tahlilning o'sha qoidalari, o'shanday indikatorlari, grafiklari va orderlarni belgilash qoidalari amal qiladi. Bundan tashqari, dastlab bularning hammasi aynan fyucherslar bilan savdo qilish uchun ishlab chiqilgan edi, chunki ular Foreks bozoridan ancha ilgari paydo bo'lgan edi. Biroq shuni esdan chiqarmaslik kerakki, fyucherslar bilan savdo qilish bir qancha muhim farqlarga ega:

  • Foreksda valyuta juftligi doimiy muddatga ochilishi mumkin, ya'ni bir kun dollarga funtlarni sotib olib, pozitsiyani uzoq vaqt - oylab yoki hatto yillab tutib turish mumkin. Agar Siz pozitsiyani mustaqil yopmasangiz, u holda u fyuchers bitimi muddati tugagan kun va soatdagi oxirgi narx bo'yicha majburiy ravishda yopiladi. Siz fyuchers bitimi muddatini kuzatib borishingiz kerak va o'z vaqtida yanada kechki bitimga o'tishingiz kerak.
  • Fyuchers kodi bir necha qismlardan iborat. Belgilashdagi birinchi belgilar mahsulot (oltin, neft, paxta va h.k.)ni ko'rsatadi, keyingi belgilar fyuchersni yetkazib berish oyi va yilini ko'rsatadi. Masalan, NGQ0 gaz uchun fyuchersni bildiradi (NG — Natural Gas), Q — Avgust.

Fyucherslar savdo qilinadigan oylarning quyidagicha belgilanishlari mavjud:

  • Yanvar - F
  • Fevral - G
  • Mart - H
  • Aprel - J
  • May - K
  • Iyun - M
  • Iyul - N
  • Avgust - Q
  • Sentabr - U
  • Oktabr - V
  • Noyabr - X
  • Dekabr - Z

Ma'lumki, Foreks - bu birjadan tashqari bozor bo'lib, kotirovkalarni ko'p miqdordagi banklar va dilerlar yetkazib beradi. Shuning uchun Siz boshqa broker/dilerlardagi narxlardan sezilarli darajada farq qiladigan narxlar bo'yicha savdo qilishingiz mumkin. Fyucherslar bilan bunday qilib bo'lmaydi, bu yerda savdo faqat birjalarda olib boriladi, va faqat aniq bir xaridor va sotuvchi kotirovkalarni shakllantiradi. Har bir kotirovka faqat narxgagina ega bo'lmay, balqi hajmga ham ega - uning ortida aniq bir xaridor yoki sotuvchi turadi. Birja o'z saytlarida avvalgi savdo sessiyasi uchun (savdo kuni uchun) har bir tikkacha aniqlikda kotirovkalarni chiqaradi. Shuning uchun barcha brokerlarda fyucherslar uchun savdo terminallarida bir xil kotirovkalar bo'ladi.

Fyuchers bitimlarining o'lchamlari birja tomonidan qat'iy standartlashtirilgan bo'lib, birja ularda ko'rsatilgan mahsulotning miqdori va sifatini belgilab beradi. Masalan, 1 fyuchers bitimi ma'lum o'lchamdagi (PB) cho'chqa go'shti dan 40000 funtini yetkazib berishni nazarda tutadi; oltinga fyuchers (GC) 995 sifatdan (probadan) past bo'lmagan oltinning 100 uchlik unsiyasini yetkazib berishni nazarda tutadi; xom neftga fyuchers (neftga fyuchers) ma'lum bir sifatdagi xom neftning 1000 barrelini yetkazib berishni nazarda tutadi. Fyucherslarning kotirovkalari butun dunyo uchun bir qiymatli va bir xildir.

Fyuchersni qanday qilib sotib olish mumkin?

Agar Sizda shu vaqtgacha brokerda hisob-varag'ingiz bo'lmasa uni ochish kerak va tanlangan fyuchersni sotib olish uchun zarur mablag'ni o'tkazish kerak. Agar sotib olingan bitimlar arzonlashib qoladigan hollarda, birja uchun pullar ma'lum darajada kafolat bo'ladi.

Tanlab olingan birja birjaga bog'liq holda va tayanch aktivi - neft, oltin va h.k. nima bo'lishidan qat'inazar, fyuchers asosida yotadigan tayanch aktivning to'liq qiymatining ikkidan o'n foizigachadan iborat mablag'ni depozit hisob-varag'ida mavjud bo'lishi kerak. Kafolatli ta'minot (kirish marjasi)ning bunday summasini hisob-kitobi mazkur tayanch aktivdagi narx o'zgarishlarini tahlil qilish natijasida yaratilgan universal metodika SPAN bo'yicha yuz beradi.

Bozorlarda ko'pincha qo'llab-quvvatlovchi marjadan foydalaniladi, bu mijozlarning hisob-varaqlaridagi pullarning bir qismi ularning ochiq bitimlarini qo'llab-quvvatlash uchun blokirovka qilinadi. Masalan, Brent naftining fyuchersini xarid qilish yoki sotish paytida o'qinchida hisob-varag'ida to'rt ming dollar kirish marjasi, va ikki ming dollar qo'llab-quvvatlovchi marja bo'lishi kerak.

Bitimlar yopilgandan so'ng, ekspiratsiya davrida bitimlarga ishlov beruvchi elektron tizimlar foyda yoki zarar hajmini avtomatik tarzda hisob-kitob qiladi, ular mos ravishda treyderlarning hisob-varag'iga o'tkaziladi yoki savdo hisob-varaqlaridan yechib olinadi.

fyucherslar, fyuchers bu nima

Fyucherslar ekspiratsiyasi nima?

Fyucherslar ekspiratsiyasi — tomonlar orasidagi bitim shartlarining ijro etishi orasidagi bitim shartlarining ijro etilishi sanasidir. Bunday sana vaqti kelgandan so'ng birjadagi fyuchers bitimi yaroqsiz bo'lib qoladi.

Tanlangan moliya vositasiga bog'liq holda birja turli xil ekspiratsiya sanalariga ega bo'lib, ular majburiy tarzda birja bitimining spetsifikatsiyasida majburiy ravishda yozib qo'yiladi. Jumladan, S&P 500 indekli fyuchers bitimini tugatish muddati yiliga to'rt marta - martda, iyunda, sentabrda, dekabrda yuz beradi.

Ekspiratsiya jarayonini kuzatish murakkab ish emas, chunki har bir bitim o'zining shartli belgisiga yoki kodiga ega. Bitimning spetsifikatsiyasida uning shifrining ochilishi va qiymati yozilgan.

Fyucherslarning ekspiratsiyasi sanasi yaqinlashganda ko'pchilik treyderlar va investorlar o'z pozitsiyalarini yopa boshlaydilar va yangi savdo siklining boshlanishini kuta boshlaydilar. Gap shundaki, bu vaqtda bozor nozik va oson boshqariluvchi bo'lib qoladi. Ekspiratsiya bilan parallel ravishda narxlarning notabiiy harakati yuz berishi mumkin. Treyderlar doirasida shunday fikrlar mavjudki, aynan ana shu paytda bozorni kerakli yo'nalishda harakatlantiradigan yirik o'yinchilar sahnaga chiqishadi.

Fyuchers bitimlarini xedjlirlash

Fyuchers bitimlarini xedjlirlash — bu xedjirlashning eng tez-tez bo'ladigan ko'rinishi bo'lib, u mahsulotlar narxlarining o'zgarishidan kafolat berishga qodirdir. Shuni bilish zararki, uning natijasi faqat xatarlarni kamaytirishgina emas, balki bo'lishi mumkin bo'lgan foydani qisqartirish hamdir. Xedjirlashning ikki turi turi mavjud:

  • xarid qilishni xedjirlash
  • sotishni xedjirlash

Xaridni xedjirlash (uni shuningdek xaridor xedji yoki uzun xedj deb atashadi) kelgusida narxlarning mumkin bo'ladigan oshib ketishidan xaridorni kafolatlashni ta'minlovchi fyuchersni sotib olish bilan bog'liq.

Sotishni xedjirlash deganda (yoki sotuvchining xedji, qisqa xedj) bozorda mahsulotni sotish tushuniladi va kelajakda bo'lishi mumkin bo'ladigan ko'ngilsiz o'zgarishlar (narxning tushishi)dan kafolatlash maqsadida shoshilinch vositalarni sotish amalga oshiriladi.

Fyucherslarda qanday qilib foyda orttirish mumkin?

Agar Siz fyucherslar yordamida pul ishlab topmoqchi bo'lsangiz, u holda Siz uni past narxda xarid qilib, tabiiyki qimmatroqqa sotishingiz, natijada daromad olishingiz mumkin bo'ladi. Keyin bu bitimni uning narxi yana pasayganda yana bir marta sotib olish, keyin yana sotib yuborish mumkin - shunda foyda cho'ntakka tushadi.

Bu qoida keng ma'lum, unga ko'ra boshqa investitsiya vositalari orqali - aksiyalar, obligatsiyalar, valyuta, opsionlar orqali pul ishlab topish mumkin.

Eng foydali fyuchers bitimlari ijro etish muddatiga maksimal darajada yaqinlashtirilganlaridir. Ularni pul qilish yuqori va ko'pchilik treyderlar aynan ularga e'tiborlarini qaratiladi. Bunday fyucherslarning narxlari haqiqiy narxlarga yaqin bo'lib, bu erda keskin sakrashlashni kutmasa ham bo'ladi.

Fyuchers bitimlari bilan savdo qilish bir qarashda nihoyatda murakkab va noodatiy bo'lib tuyuladi. Agar Siz muntazam ravishda ishlasangiz, bozorni, uning o'ziga xos xususiyatlarini o'rgansangiz hammasi boshqacha ko'rinadi. Har qanday vosita bilan savdo qilish butun bir ilm ekanligini yodingizdan chiqarmang. Shuning uchun kitoblar o'qing, kurslarda ishtirok eting, vebinarlarga tashrif buyuring - va ana shunda Sizda hammasi yaxshi bo'ladi. Omad tilaymiz!

Maqolalar ro'yxatiga qaytish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.