Valyuta bozori indikatori savdolar hajmi va narxning qiymatiga asoslangan. Indikatorning holatini tahlil qilib, bozor qaysi tomonga borishini - joriy trendni o'zgartirishi yoki saqlab qolishini aniqlash mumkin. Ishida texnik tahlildan foydalanuvchi treyderlar texnik indikatorlar yordamida pozitsiyalarning ochilishi yoki yopilishi to'g'risida qaror qabul qilishadi.
Texnik indikatorlarning bir nechta turlari mavjud.
Trend indikatorlar bozorda ma'lum savdo vositasi narxlarining harakatini tahlil qiladi. Savdoda trend indikatorlardan foydalanib, ayni paytda turli xil taymfreymlarda narx qayoqqa tomon harakat qilishini bilibgina qolmay, balki joriy yo'nalish qay darajada kuchli ekanini ham bilish mumkin. Trend indikatorlari universal hisoblanadi va istagan savdo strategiyasida foydalanish mumkin.
Trend indikatorlari orasida trend chiziqlari indikatorlari ham mavjud bo'lib, ular olingan ma'lumotlar asosida trend chizig'ini uzaytirishga intiladi, bu bilan bo'lajak narx oldindan bashorat qilinadi. Biroq ko'pincha bunday ma'lumotlar amalda tasdiqlanmaydi.
Kanal indikatorlari narx kanallarida savdo qilishda foydalaniladi, uning bosh tamoyili qo'llab-quvvatlash va qarshilik ko'rsatish chizig'ini yasash zarurligi hisoblanadi. Kanal indikatorlaridan foydalanishda siz kanalning kengligini mustaqil belgilashingiz va u yasalishi kerak bo'lgan dastlabki ma'lumotlarni tanlab olishingiz mumkin.
Ossillyatorlar — bular Foreks indikatorlari bo'lib, ular fletda, uxlab yotgan bozorda yaxshigina pul ishlab topishga yordam beradi. Ular yordamida grafikda yangi maksimumlar va minimumlarni aniqlash mumkin bo'ladi — indikator-ossillyator narx o'z yo'nalishi qachon o'zgarishini ko'rsatadi.
Oldindan xabar beruvchi indikatorlar bo'lajak tendensiyalarni u yoki bu mamlakatning iqtisodiyotida haqiqiy namoyon bo'lishigacha ko'rsatadi.
Volatillik indikatorlari Foreks bozorining daromadliligini ko'rsatadi.
Skalping indikatorlari sof ko'rinishda bozorda juda kamdan kam holatlarda foydalaniladi. Skalpingning butun bir tizimi zarurdir, chunki bu indikatordan yakka tartibda foydalanishga nisbatan yaxshiroq natijalar beradi.
Savdo hajmlari indikatori u yoki bu bozor harakatining kuchini yoki kuchsizligini baholash imkoniyatini beradi, chunki narx o'sganda yoki tushganda tasdiqlovchi omil vazifasini bajaradi.
Divergentsiya indikatori — bu texnik indikatorlar va narx grafigining o'zi o'rtasidagi ko'rsatkichlar muvozanati buzilganda vujudga keladigan savdo signalidir. Bunday holat, indikator narxdagi maksimum yoki minimumning eng katta qiymatini qayd qilganda yuz beradi. Har qanday divergentsiya indikatori savdo terminali darchasida narxning indikator grafigidan jiddiy og'ishini ko'rsatadi.
CSS indikatori, yoki valyutalar kuchi indikatori — bu valyutalarning bir-biriga nisbatan kuchini o'lchashga imkon beruvchi vositadir. CSSning ko'rsatishlarini hisoblash uchun texnik ma'lumotlardan foydalaniladi, bu esa bozordagi har qanday o'zgarishga tez va dinamik tarzda aks ta'sir ko'ratishga imkon beradi.
Olichish yoki yopilish signallarini ko'rish uchun indikatorlar narxlar va moliya vositalari savdolari hajmlari grafiklariga qo'yiladi. Indikator ko'rsatgichlarini tahlil qilish zarur axborotni - kelgusida narxning o'zgarishidan tortib, to maksimal aniq prognozgacha bo'lgan zarur axborotni ta+DIm etadi.
Texnik indikatorlar tarixi ularning asosiy turlarini farqlashga imkon beradi. Ertami yoki kechmi mazkur indikatorlar moliya bozorida pozitsiyalarni tahlil qilish uchun qo'llaniladi.
MetaTrader 4 da bugungi kunga kelib barcha mavjud bo'lgan indikatorlardan eng asosiylari bo'lib hisoblangan indikatorlar mavjud. MetaTrader 4 dan foydalanish ularning barchasi bilan savdo qilish vaqtida ishlash imkoniyatini beradi.
MetaTrader 4 terminali indikatorlaridan ayrimlarining namunasi:
- Williams` Percent Range - %R: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Stochastic Oscillator: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Standard Deviation indikatori: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Relative Vigor Index - RVI: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Relative Strength Index - RSI: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Parabolic Sar indikatori: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- On Balance Volume - OBV: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Moving Average of Oscillator - OsMA: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Moving Average Convergence/Divergence - MACD: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Money Flow Index - MFI: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Momentum indikatori: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Market Facilitation Index - BW MFI: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Moving Average indikatori: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Gator Oscillator - Gator: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Fractals: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Force Index - FRC: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Envelopes indikatori: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Elder-rays: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- DeMarker - DeM: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Indikator Commodity Channel Index indikatori: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Ichimoku Kinko Hyo indikatori: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Bollinger Bands indikatori: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Awesome Oscillator - AO: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- ATR indikatori: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- ADX indikatori: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Alligator indikatori: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Accumulation/Distribution - A/D: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
- Accelerator/Decelerator Oscillator - AC: tavsifi, sozlanishi va qo'llanishi
O'z texnik tahlilingni MetaTrader terminali bilan boshla!