empty
 
 

D. DiNapoli uslubida savdo qilishda Fibonachchining tuzatish va kengaytirish darajalari yaxlit tizim shaklida qaralishi kerak.

Quyicha D. DiNapoli uslubida savdo qilishda Fibonachchining darajalaridan qanday foydalanish uchun uncha katta bo'lmagan tavsif keltirilgan.

Eng qulay tuzatish darajalarining barchasidan (.236, .382, .50, .618, .764) D. DiNapoli faqat ikkitasini – .382 va .618 ni tanlab oldi. Mening fikrimcha, bunday tanlovning sababi shundaki, bu ikkita daraja kirish uchun foydalaniladi, bunda Siz 61,8% yoki 76,4% darajada kirasizmi yoki yo'qmi buning ahamiyati yo'q, ikkala holda ham Sizning himoya stoplaringiz to'lqin boshlanishidan (yoki reaksiya boshlanishidan) pastda/yuqorida joylashadi. Siz 1-rasmda Fibonachchining tuzatish nuqtalari (Fib-bo'g'inlari) qanday ko'rinishda bo'lishini ko'rishingiz mumkin. Shuningdek, D. DiNapolining kirish texnikasini bilgan holda bu ikki darajaning o'zi yetarlidir.

1-rasm. Fibonachchi fib-bo'g'inlari

Kengayish darajalari soni ham uncha katta emas. Muallif uchalasidan foydalanadi va yana bitta - super kengaytirilgan maqsadli nuqta - uning texnikasini qo'llab savdo qiladigan trederlar tomonidan keyinroq qo'shilgan edi.

1.COP – Ko'tarilgan maqsadli nuqta (Contracted Objective Point) = .618 B tuzatuvchi to'lqinning uchidan o'lchangan A to'lqinning uzunligi;

2. OР - Maqsadli nuqta (Objective Point) = B to'lqin oxiridan o'lchangan A 100% to'lqin uzunligi;

3. XOP – Кенгайтирилган мақсадли нуқта (Expanded Objective Point) = 1.618 В to'lqinning uchidan o'lchangan A to'lqinning uzunligi;

4. SXOP – Super kengaytirilgan maqsadli nuqta (super expanded objective point) = 2.618 В to'lqindan o'lchangan A to'lqinning uzunligi.

Aynan ana shu kengaytirilgan darajalardan foydalanishda eng jozibali va mantiqlisi tuzatish to'lqin uzunligi ham qiymatga ega bo'lishi hisoblanadi - barcha o'lchashlar B tuzatish to'lqinining uchidan boshlanadi. Mazkur texnika juda ham mantiqli va aqlli ekanligiga men ishonaman.

Foreks bozoriga yangi kirgan kishilar ko'pincha to'lqinlarning kengayishini va orqaga qaytishini hisoblashadi, ularning o'rni va vaziyati noaniq. Hisob-kitoblarga ko'proq aniqlik kiritish uchun D. DiNapoli "aks ta'sir raqami" atamasini kiritdi, u o'ziga xos Fib-bo'g'inlarni ko'rsatadi. Rasmda quyiroqda aks ta'sir raqamlari va ularga mos keluvchi Fibonachchi kengaytirishlari ko'rsatilgan. Aks ta'sir raqamlari tufayli Siz har bir kengayish nuqtasi nimani anglatishini va u qaerdan boshlanishini bilib olasiz. Shuningdek, Siz "uchrashuvlar" sohasini ko'rishingiz mumkin, u yerda aks ta'sir sonlari turlicha bo'lgan ekspansiyalar bir sohaga tushadi, juda bo'lmaganda, taxminan.

Va oxirgi rasm Fibonachchi tuzatishining, kengayishining barcha darajalarini va ular kesishadigan sohalarni namoyish qilib, bunda qo'llab-quvvatlash va qarshilik ko'rsatishning kuchli darajalarini taqdim etadi.

Maqolalar ro'yxatiga qaytish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.