empty
 
 

Valyutalar doim jufti bilan savdo qilinadi. Valyutalar bir biriga nisbatan kotirovka qilingani uchun valyutalarning nomlari belgi ( / ) bilan ajratilishi va quyidagi tarzda belgilanishi mumkin: EUR/USD.


Valyuta juftliklari bu juftlikka kiruvchi valyutalar narxining nisbatini ifoda etadi. Masalan, EUR/USD juftining narxi 1 EUR ga Siz qancha miqdorda USD sotib olishingiz mumkinligini ko'rsatadi. Juftlikdagi birinchi turgan valyuta tayanch valyuta hisoblanadi, ikkinchisi esa kotirovka (kotirovka qilinadigan) valyuta bo'lib hisoblanadi. Yevro qolgan jahon valyutalariga nisbatan tayanch valyuta hisoblanadi. Quyidagi asosiy valyuta juftliklari mavjud:


Simvol Nomi Og'zaki so'zlashuvdagi ifodalar
EUR/USD Yevro-Dollar Yevro
USD/JPY Dollar-Yena Yena
GBP/USD Funt-Dollar Sterling yoki Kabel
USD/CHF Dollar-Frank Svissi (Swissy)
AUD/USD Avstraliya dollari-Dollar Ozzi (Aussie)
USD/CAD Dollar-Kanada dollari Luni (Loonie)
NZD/USD Yangi Zelandiya dollari-Dollar Kivi (Kiwi)

Majors guruhi deb ataluvchi juftliklar mavjud bo'lib, ular bo'yicha Foreks bozoridagi barcha operatsiyalarning 75%i amalga oshiriladi: EURUSD, GBPUSD, USDCHF, USDJPY. Ko'ramizki, AQSh dollari taqdim etilgan juftliklarning hammasida ishtirok etadi, shunday qilib, agar valyuta juftliklarida dollar bo'lsa, u holda bu juftlik asosiy valyuta juftligi hisoblanadi. Amerika dollari ishtirok etmagan juftliklar "kross valyuta juftliklari" yoki kross kurslar deyiladi.Quyida keltirilgan kross kurslarda eng faol savdo qilinadi.


Simvol Nomi
EUR/CHF Yevro-Shveysariya
EUR/GBP Yevro-Sterling
EUR/JPY Yevro-Yena
GBP/JPY Sterling-Yena
AUD/JPY Ozzi-Yena
NZD/JPY Kivi-Yena



GBP/USD. "Qora chorshanba"
1992 yil.
GBP/USD. "Qora chorshanba"
1992 yil.
Valyuta juftliklari tarixidan qiziqarli ma'lumotlarni ko'rib chiqamiz. Avvalgi asrning ozirida, 1992 yil 16 sentabrda britaniyaning funti keskin arzonlashib ketdi. Buyuk Britaniyaning tarixiga bu kun "qora chorshanba" nomi bilan kirdi. Ingliz futni qadrining tushib ketishi GBP/DEM (funt/nemes markasi) va GBP/USD (funt/dollar) valyuta juftliklariga kuchli ta'sir ko'rsatdi. 1992 yilning noyabridan dekabr oyining oxirigacha bo'lgan davrda britaniya milliy valyutasining dollarga nisbatan o'zgarishi 25%ni (GBP/USD 2,01 dan 1,51 gacha) tashkil etidi.

Valyuta juftliklarining tarixidan eng qiziqarli hodisalarni ko'rib chiqamiz. Foreks bozori tarixi eng qiziqarli harakatlardan birini 1992 yil kuzda, aniqrog'i 16 sentyabrda Inglizlarning Funti ko'rsatdi. Keyinchalik bu kun qora chorshanba deb ataldi, bunda britaniya valyutasi keskin arzonlashib ketdi. Bu holat GBP/DEM (Funt/Nemes markasi) va GBP/USD (Funt/dollar) valyuta juftliklarida juda kuchli sezildi. 1992 yilning noyabridan dekabrning oxirigacha ingliz funtining tushib ketishi 25%ni (2,01 dan 1,51 GBP/USD gacha) tashkil etdi. Bu "sterling inqirozi" asosiy sababi quyidagilar bo'ldi deb aytishadi: Buyuk Britaniyaning Yevropa valyuta tizimida belgilangan koridor bilan ishtirok etishi, yaqinda bo'lib o'tgan parlament saylovlari, sanoat ishlab chiqarish darajasining pasayishi, Angliya barkining aynan nemis markasiga nisbatang tenglikni tutib turishga intilishi, shuningdek juda ko'p investorlarning ketib qolishi. Shu bilan birga daromaddagi nomutanosibliklar tufayli nemislarning valyuta bozori inglizlarnikiga nisbatan ancha jozibali bo'lib qoldi. Natijada spekulyantlar funt sterlinglarni marka va dollarga sotishga tushishdi. Valyuta inqirozining oqibatlari quyidagilar bo'ldi: foiz stavkasi 10 dan 15% gacha keskin ortdi, Buyuk Britaniya hukumati funtni devalvatsiya qilishga va Yevropa valyuta tizimi (YVT) dan chiqishga majbur bo'ldi. Natijada funt erkin suzuvchi almashuv kursiga qaytdi.

Boshqa bir qiziqarli valyuta juftligi tarzida yena/dollar (JPY/USD)ni ajratib ko'rsatish mumkin. USD/JPY valyuta juftligi eng ko'p savdo qilinadigan valyuta juftliklari orasida yevro/dollar va funt/dollardan keyin uchinchi o'rinda turadi. U Osiyo sessiyasi davrida faol savdo qilinadi. Odatda, bu valyuta juftligining harakati ancha tekis, USD/JPY juftligi moliya bozorlarida xavfning keskinlashuviga tez ta'sirlanadi. 8-yillarning o'rtalaridan boshlab, yena amerika dollariga nisbatan faol qimmatlasha boshladi. 90-yillarning boshlarida jonlanish o'rnini Yaponiya iqtisodiyotida to'la to'xtash yuz berdi, ishsizlar soni darajasi ortdi, ish haqi va umuman aholining turmush darajasi pasaydi.

Natijada, 1991 yildan boshlab Yaponiyada ko'p miqdordagi moliya tashkilotlarining bankrot bo'lishi boshlandi. Buning oqibatida - Tokio fond birjasida kotirovkalar tushib ketdi, yenaning devalvatsiyasi yuz berdi, shundan so'ng ishlab chiqarish sohasidagi kompaniyalar o'rtasida bankrotlikning yangi to'lqini yuzaga keldi. 1995 yilda esa USD/JPY juftligi bo'yicha tarixiy minimum – 79.80 qayd etildi. 1997 – 1998 yillarda boshlangan Osiyo inqirozi yapon yenasining ag'darilishiga olib keldi. Buning natijasida dollar/yena valyua juftligi kursining bir dollarga 115 yenadan 150 yenagacha o'sishi bo'ldi.

Jahon iqtisodiy inqirozi insonning deyarli barcha faoliyat sohalariga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Foreks valyuta bozorini ham u chetlab o'tmadi. Holbuki Foreks bozorining ishtirokchilari (markaziy banklar, tijorat banklari, investitsiya banklari, brokerlar va dilerlar, pensiya jamg'armalari, sug'urta kompaniyalari, transmilliy kompaniyalar) juda og'ir ahvolga tushib qolgan bo'lsalar ham, Foreks (Forex) bozorining o'zi muvaffaqiyatli ishlada davom etmoqda, u barqaror va har doimgidan ham daromadliroqdir.

Moliyaviy inqiroz dunyodagi turli valyutalarning qiymati keskin o'zgarishiga olib keldi. Inqiroz davrida boshqa barcha valyutalarga nisbatan yena hammadan ko'proq mustahkamlandi. Dollar ham emas, evro ham emas, aynan yena treyderlar uchun eng ishonchli vosita bo'lib qoldi. Bunday mustahkamlanishning sabablaridan biri treyderlarga valyutalarning bunday parokandaligi yaxshi joy topish hayotiy zururiyat edi. Boshqa mutaxassislar yena kursining mazkur o'sishi carry trade bitimidan voz kechish bilan bilan izohlashdi. Shunday qilib, quyida yena savdo qilinadigan asosiy valyuta juftliklari bo'yicha kurslarning o'zgarishi keltirilgan.



USD/JPY. Osiy moliyaviy
inqirozi 1997—1998 yillar
USD/JPY. Osiy moliyaviy
inqirozi 1997—1998 yillar
90-yillarda yana bir valyuta juftligi - dollar/yena (USD/JPY) jiddiy tanazzulga uchradi. 80-yillarning o'rtalaridan boshlab yena amerika dollariga nisbatan faol qimmatlasha boshladi. 90-yillarning boshlarida jonlanish o'rnini yapon iqtisodiyotida turg'unlik egalladi, ishsizlar soni ortdi, ish haqi miqdori pasaydi va umuman aholining turmush darajasi ham pasaydi. Ko'p miqdordagi moliya tashkilotlari bankrotlikka yuz tuta boshladi.
Buning natijasida Tokio fond birjasida kotirovkalar tushib ketdi va yenaning devalvatsiyasi yuz berdi, shundan so'ng ishlab chiqarish sohasidagi kompaniyalar o'rtasida bankrotlikka yuz tutishining yangi to'lqini yuzaga keldi. 1995 yilda JPY/USD valyuta juftligi – 79.80 qayd etildi. 1997-1998 yillarda boshlangan Osiyodagi inqiroz yapon yenasining tanazzuliga yo'l tutishiga olib keldi. Buning natijasida yena/dollar valyuta juftligi kursining bir dollar uchun 115 yenadan 150 yenagacha tushib ketdi.
Biroq bugun dunyodagi asosiy valyutalar qiymatining keskin o'zgarishiga olib kelgan 2008 yildagi jahon inqirozidan so'ng yena treyderlar uchun eng ishonchli vositalardan biri bo'lib hisoblanmoqda. U eng ko'p savdo qilinadigan yevro/dollar va funt/dollar kabi valyuta juftliklari o'rtasida uchinchi o'rinda bormoqda. Quyida yena savdo qilinadigan asosiy valyuta juftliklari bo'yicha kurslarning o'zgarishi keltirilgan:

Valyuta juftligi Inqirozgacha bo'lgan qiymat (08.2008) Inqirozdan keyingi qiymat (01.2010) O'zgarishi % larda
USD/JPY 110.38 89.97 -18.5
GBP/JPY 213.50 142.79 -33.22
EUR/JPY 168.48 122.16 -27.5

Jadvaldan ko'ramizki yena dollarga nisbatan 18% dan ortiqroqqa, yevroga nisbatan 27,5%, funtga nisbatan esa 33% ga mustahkamlandi. Eng kuchli mustahkamlanib qolgan valyutalardan dollar 4-o'rinni egalladi. Taajjublanadigan joyi shundaki, AQShda yuzaga kelayotgan retsessiyaga, mamlakat moliya tizimining inqirozga yuz tutishiga, AQSh iqtisodiyotini qutqarish bo'yicha Poulsen rejasiga 750 milliard dollar sarflanishiga va o'nlab trln. dollarlarda hisoblanadigan ulkan doimiy ravishda o'sib borayotgan tashqi qarzga qaramay dollar dunyodagi eng ishonchli valyutalardan biri bo'lishda davom etmoqda. Investorlar hali ham amerika valyutasiga ishonishda davom etmoqdalar. Quyida valyuta kurslarining dollarga nisbatan o'zgarishi jadvali kltirilgan.


Valyuta juftligi Inqirozgacha bo'lgan qiymat (08.2008) Inqirozdan keyingi qiymat (01.2010) O'zgarishi % larda
EUR/USD 1.5619 1.4328 -8.3
USD/CHF 1.0820 1.0555 -2.5
GBP/USD 1.9774 1.5990 -19.2

Yuqorida ko'rsatilgan ma'lumotlardan ko'rinadiki, dollar evroga 8,3 foizga, funtga 19,2%ga mustahkamlandi. Yena va frankka nisbatan esa pastga tushish qayd etilgan. Birinchi holatda 18.5%ga, ikkinchisida 2.5%ga.

Mustahkamlanib qolgan valyutalar orasida evro 12-o'rinni egalladi. Quyidagilar salbiy ta'sir ko'rsatdi: Yevro hududidagi bir qator yirik mamlakatlarning (Germaniya, Fransiya, Italiya) ishlab chiqarishi va YaIMning qisqarishi, Yevroittifoqda retsessiyada xavflar, YIga kiruvchi mamlakatlarda ishlab chiqarishning stagnatsiyasi, inflyatsiya va ulkan tashqi qarzlar to'g'risidagi hisobotlar, xususan Portugaliya, Irlandiya, Ispaniya va Gretsiyada. Gretsiya ustida YI hududidan chiqish xavfi ham yuzaga keldi. Yevroning tushib ketishiga investorlarning bu valyutadan panagoh valyutalar (dollar va yena) foydasiga ketishlari omili kuchli ta'sir qildi. Valyuta kurslarining Evroga nisbatan o'zgarishi jadvali quyida keltirilgan:


Valyuta juftligi Inqirozgacha bo'lgan qiymat (08.2008) Inqirozdan keyingi qiymat (01.2010) O'zgarishi % larda
EUR/CHF 1.6352 1.4747 -8.8
EUR/GBP 0.7900 0.8991 13.8
EUR/AUD 1.6974 1.5658 -7.7

Moliyaviy inqiroz davrida yevro quyidagi asosiy valyutalarga nisbatan ancha kuchini yo'qotdi: dollarga nisbatan 8,3% ga, yenaga nisbatan 27,5%, frankka nisbatan 8,8% ga, avstraliya dollariga nisbatan 7,7% ga. Aytib o'tilganlarning barchasidan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: Fond bozori va boshqa faoliyat turlaridan farqli o'laroq Foreks (Forex) bozori jahon moliya inqirozidan jabr ko'rish bilan birga u ma'lum foyda ham ko'rdi. Valyuta bozorining ko'pgina ishtirokchilari ham foyda ko'rishdi, ularning daromadi jahon moliya inqirozi davrida misli ko'rilmagan miqyosda ko'paydi. Yuzaga kelgan vaziyatda ko'pchilik kishilar inqirozdan chiqishning yo'lini Foreksda ko'rishmoqda. Xitoyda shunday deyishadi: "Inqiroz bu faqat iqtisodiy silkinishlargina va ijtimoiy zuriqishlargina emas, balki investitsiyalar uchun qulay vaqtdir, shuningdek yig'ilib qolgan ko'pgina muammolarning yechishdir".


Maqolalar ro'yxatiga qaytish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.