empty
 
 

Bozorni tahlili, uning asosida yotuvchi tamoyillarga bog'liq holda, texnik yoki fundamental bo'lishi mumkin. Texnik tahlil konsepsiyasi narx grafigini aks ettiruvchi talab va taklifning nisbati matematika qonunlariga bo'ysunadi, degan tasdiqqa qo'shiladi. Fundamental tahlilga muvofiq bozor mutlaqo siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy asoslarga ko'ra o'zgaradi.

Shu tufayli, fundamental tahlil iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy xususiyatga ega axborotni baholaydi, u bozor narxining harakatiga to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita ta'sir qiladi. Hususan - asosiy valyutalarning kurslariga ta'sir ko'rsata oladigan, iqtisodi etakchi bo'lgan mamlakatlarning aossoiy iqtisodiy ko'rsatkichlarini baholaydi. Quyidagi ko'rsatkichlar muhim hisoblanadi: yalpi milliy mahsulot; ichki yalpi mahsulot; inflyatsiya darajasi; ishsizlik darajasi; iste'molchilik va ishlab chiqarish narxlari indekslari; tovar indeksi; industrial narxlar indeksi; to'lov va savdo balansi.

O'z ichiga iste'mol qilish, investitsiyalar, davlat xarajatlari, eksport va import kabi ko'rsatkichlarni qamrab oluvchi yalpi milliy mahsulot (YaMM) milliy iqtisodiyot holatining muhim indikatori hisoblanadi. YaMM va valyuta kursining o'rtasida to'g'ri proporsional bog'lanish mavjud. YaMMning yuqori bo'lishi iqtisodiyotning holati yaxshi ekanligi va chet el investitsiyalarning kelayotganidan dalolat berib, ular o'z navbatida milliy valyutaga bo'lgan talabni oshiradi. YaMMning uzoq vaqt o'sib borishi inflyatsiyaga olib kelishi mumkin bo'lib, uni pasytirish uchun foiz stavkalarini oshirishdan foydalaniladi, bu esa valyutaga talabni oshiradi.

Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining va mehnatga layoqatli aholi umumiy sonining nisbatini ko'rsatadi va aslida 6%li belgidan ortmasligi kerak. Ishsizlikning ortishi valyuta kursiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, bunda uning kursi tusha boshlaydi. Narxlarning ortishi sur'ati bilan o'lchanadigan inflyatsiya ham valyuta kursiga xuddi shunday ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga inflyatsiya va ishsizlik ko'rsatkichlari teskari proporsional bog'lanishda bo'ladi.

Tahlil qilish sohasiga turli mamlakatlarning siyosiy kursi uchun ahamiyatli bo'lgan voqealar: saylovlar, iqtisodiy islohotlar, xalqaro bitimlarning tuzilishi va boshqalar kiradi. Tahlilchilar ko'rib chiqadigan asosiy moliyaviy omil mamlakat iqtisodiyotiga kiritilayotgan mablag'larning umumiy daromadligini belgilab beruvchi, markaziy banklarning haqiqiy foiz stavkalari darajasi hisoblanadi. Indikatorni oshirish milliy valyut kursining oshishi uchun qulay sharoitlar yaratadi.

Bunday tashqari, milliy valyuta kursiga oldindan bashorat qilib bo'lmaydigan tabiiy ofatlar, turroristik xurujlar, favqulodda vaziyatlar va boshqa hodisalar ta'sir ko'rsatadi.

Fundamental tahlil, turli mamlakatlarning har xil ko'rsatkichlarining katta miqdorini baholash qiyinligi tufayli, iqtisosli tashkilotlarning malakali tahlilchilari bilan professional tarzda o'tkaziladi.

Maqolalar ro'yxatiga qaytish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.